YOSHLAR TADBIRKORLIGINING BANDLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI VA TA’SIRI (O ‘ZBEKISTON MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada yoshlar tadbirkorligining bandlikni ta’minlashdagi roli hamda uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri O‘zbekiston misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlar demografiyasi, mehnat bozoridagi yoshlar ulushi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik orqali yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. 2017–2025 yillar davomida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va iqtisodiy islohotlarning natijalari empirik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida statistik tahlil, taqqoslash usuli va grafik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar tadbirkorligi mehnat bozorida bandlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot yakunida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali bandlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.