Skip to main content
Article

TASAVVUF TA'LIMOTIDA ATROF MUHITNI ASRASH MASALASI

Shahzod Baxtiyor o'g'li KamolovNamangan State Pedagogical Institute
ABI

Abstract

Mazkur maqolada tasavvuf ta’limotida atrof-muhitni asrash masalasi diniy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Unda sufiylikning tabiatga nisbatan hurmat, kamtarlik, isrofgarchilikdan tiyilish va mavjudotlarga shafqat kabi tamoyillari ekologik ongni shakllantirishdagi o‘rni bilan asoslab beriladi. Qur’oni karim oyatlari va hadislar asosida insonning yer yuzidagi mas’uliyati yoritilib, tabiatni muhofaza qilish diniy burch ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, Ahmad Yassaviy, Abdulqodir G‘iloniy, Jaloliddin Rumiy, Ibn Arabiy hamda Abu Hamid G‘azzoliy kabi mutasavviflarning tabiat va hayvonot olamiga doir qarashlari misol tariqasida keltiriladi. Ularning asarlarida tabiat Allohning tajallisi va hikmatining namoyoni sifatida talqin qilinadi. Maqolada tasavvufning ekologik muammolarni hal etishdagi ma’naviy-axloqiy imkoniyatlari ochib berilib, zamonaviy ekologik inqiroz sharoitida sufiylik qadriyatlarini hayotga tatbiq etish zarurligi asoslanadi. Xulosa qilib, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni saqlash tasavvuf falsafasining muhim tamoyili ekani qayd etiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references