PENSIYA AKTIVLARINI YASHIL INVESTITSIYALARGA YO'NALTIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMI
Abstract
Mazkur maqolada pensiya aktivlarini yashil investitsiyalarga yo‘naltirishning institutsional mexanizmlari tadqiq etilgan. Xususan, ekologik barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va uzoq muddatli daromadlilikni oshirish nuqtai nazaridan pensiya fondlari faoliyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, yashil taksonomiya metodologiyasi tahlil qilinib, uning yashil investitsiyalarni faollashtirishdagi fundamental roli asoslangan. Tadqiqot natijasida yashil obligatsiyalar, ESG tamoyillari va davlat tomonidan tartibga solish vositalari tadqiq qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil investitsiyalarga o‘tish jarayonida mavjud muammolar tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida pensiya aktivlarini yashil investitsiyalarga samarali yo‘naltirish uchun institutsional mexanizm taklif qilingan.
Not yet translated