YASHIL IQTISODIYOTDA AXBOROTLASHTIRISH TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida axborotlashtirish tizimlari samaradorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda global va milliy darajadagi raqamli monitoring tizimlari, barqarorlik indikatorlari, ESG hisobotlari va smart boshqaruv mexanizmlarining rivojlanish tendensiyalari o‘rganildi. Komparativ tahlil asosida rivojlangan davlatlar tajribasi hamda O‘zbekiston sharoitidagi mavjud raqamli infratuzilma solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyotda axborot tizimlari samaradorligi ma’lumot sifati, real vaqt monitoringi, integratsiya darajasi va boshqaruvga ta’sirchanlik kabi omillar bilan belgilanadi. Turizm sohasi misolida axborotlashtirishning ekologik va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri asoslab berildi hamda tizimni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Not yet translated