Skip to main content
Article

GLOBAL MIGRATSIYA JARAYONLARI VA YUQORI MALAKALI ISHCHI KUCHI: BRM DOIRASIDA TAHLIL

Zulayxo KadirovaDoctor of Philosophy (PhD), Associate Professor Head of the Department of Economics and Management, TSUOS E-mail: [email protected]Sulxiya GazievaDoctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor (Acting) of the Department of Economics and Management, TSUOS E-mail: [email protected]
ABI

Abstract

Ushbu maqolada yuqori malakali ishchi kuchi migratsiyasini keltirib chiqaruvchi omillar, uning asosiy sabablari hamda intellektual migratsiyaning turlari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida zamonaviy yuqori malakali mutaxassislar migratsiyasining asosiy drayverlari ochib berilib, mazkur jarayonning global iqtisodiyot va inson kapitali rivojlanishiga ta’siri baholanadi. Shuningdek, maqolada yuqori malakali migratsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, sifatli ta’lim (BRM 4), munosib ish va iqtisodiy o‘sish (BRM 8), innovatsiyalar va infratuzilma (BRM 9) hamda tengsizliklarni kamaytirish (BRM 10) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida yuqori malakali ishchi kuchi migratsiyasini samarali boshqarish, “brain drain” jarayonini “brain circulation” modeliga o‘tkazish orqali BRMga erishishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references