MADANIY MEROS OBYEKTLARINI RAQAMLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish jarayonining mohiyati va uning iqtisodiy samarasi keng tahlil qilinadi. Unda raqamli texnologiyalar yordamida tarixiy obidalar, muzey eksponatlari va boshqa madaniy boyliklarni saqlash, ommalashtirish hamda global auditoriyaga yetkazish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, raqamlashtirishning turizmni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kreativ industriya va raqamli iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi ko‘rsatib beriladi. Maqolada ushbu jarayon bilan bog‘liq muammolar, jumladan moliyalashtirish, texnik infratuzilma, kadrlar masalasi va mualliflik huquqlarini himoya qilish muammolari ham tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Not yet translated