Skip to main content
Article

SANOAT YUKLARINI TASHISHDA TURLI TRANSPORT TURLARIDA NARX SHAKLLANISHI XUSUSIYATLARI

Ismatulla XaydarovPhD., Associate Professor Department of Transport Economy Tashkent State Transport University
ABI

Abstract

Ushbu maqola sanoat yuklarini tashishda temir yo‘l, avtomobil, havo va quvur transportida tarif va narx shakllanishining iqtisodiy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda xarajat-asosli, bozor-asosli va differentsial narxlash modellarining mazmuni ochib berilgan; turli transport turlarida narx shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar (qo‘zg‘almas xarajatlar ulushi, yuklanish koeffitsienti, raqobat muhiti, davlat regulyatsiyasi, raqamlashtirish darajasi) tizimli tahlil qilingan. Taklif etilayotgan yig‘ma taqqoslash matritsasi turli transport turlarida tarif tuzilmasi va narx elastikligi bo‘yicha ilk bor muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston sharoitida temir yo‘l transportida ikkiyoqlanma yuklash (bo‘sh qaytish) muammosi tufayli tarif oshiqligi 18–23 foizga yetishi, avtomobil transportida esa yoqilg‘i narxi o‘zgarishi tarifga 0,65–0,78 elastiklik koeffitsienti bilan ta'sir qilishi aniqlanmagan. Olingan natijalar tarif siyosatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references