INTELLEKTUAL YOSHLAR-MAMLAKAT RAVNAQI GAROVI
Abstract
Yosh avlodning bilim darajasi, tafakkuri, innovatsion yondashuvi hamda zamonaviy texnologiyalarni egallashi mamlakatning kelajakdagi rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Intellektual yoshlarning ijtimoiy faolligi, liderlik qobiliyati va kreativ fikrlashi jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi muhim omil hisoblanadi. Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, ularning global miqyosdagi raqobatga tayyorligi hamda milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda rivojlanishi mamlakat ravnaqining asosiy garovi ekanligi asoslab beriladi. Davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning samaradorligi haqida ham umumiy tahliliy fikrlar bildiriladi.
Not yet translated