Skip to main content
Article

IQTISODIYOT MODELLARNI QURISHDA DIFFIRENSIAL TENGLAMALARDAN FOYDALANISH

Shoxsanam MaqsudovaNamangan State Pedagogical InstituteRuxshona Jo'raboyevaNamangan davlat pedagogika instituti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirishda differensial tenglamalarning tutgan o‘rni va nazariy-amaliy ahamiyati keng tahlil qilinadi. Iqtisodiyot murakkab, ko‘p omilli va vaqt davomida o‘zgarib boruvchi dinamik tizim sifatida qaralib, uning asosiy ko‘rsatkichlari — kapital, investitsiya, milliy daromad, talab va taklif, narxlar darajasi hamda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining vaqtga bog‘liq o‘zgarishi differensial tenglamalar yordamida ifodalanishi asoslab beriladi. Maqolada birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar asosida iqtisodiy o‘sish modellari, xususan, Solou modeli misolida kapitalning dinamik harakati va muvozanat holati matematik jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, talab va taklifning dinamik muvozanati, investitsiya jarayonlari hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorlik shartlari differensial tenglamalar orqali izohlanadi. Tadqiqot davomida iqtisodiy tizimlarning barqarorlik nuqtalari, o‘sish trayektoriyalari va uzoq muddatli muvozanat holatini aniqlashda differensial tenglamalarning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Nazariy tahlil bilan bir qatorda, differensial tenglamalarning prognozlash, iqtisodiy siyosat samaradorligini baholash va iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirishdagi ahamiyati ham yoritiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references