QAYTA TIKLANADIGAN VA KENGAYTIRILADIGAN BIZNES MODELLARI (XALQARO VA O'ZBEKISTON TAJRIBASIDA)
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida korxonalar uchun qayta tiklanadigan va kengaytiriladigan biznes modellarning ahamiyati tahlil qilingan. Xalqaro va mahalliy iqtisodiy muhitda raqobatning kuchayishi, texnologik o‘zgarishlar va bozor tebranishlariga moslashuvchan yondashuvlarning zarurligi asoslab beriladi. Airbnb, Uber, Netflix kabi kompaniyalar misolida raqamli platformalarga asoslangan kengaytiriladigan va moslashuvchan biznes modellarining samaradorligi namoyish etiladi. O‘zbekiston tajribasida Payme, Click, MyTaxi kabi kompaniyalar tomonidan bunday modellarni joriy etish orqali xizmatlar sifati va bozor ko‘lami kengaytirilgan. Shu bilan birga, texnologik infratuzilmaning cheklanganligi, moliyaviy imkoniyatlarning yetarli emasligi hamda innovatsion madaniyatning sustligi kabi to‘siqlar mavjudligi ta’kidlanadi. Adabiyotlar tahlili asosida startaplar uchun barqaror va moslashuvchan biznes model yaratishning nazariy-uslubiy asoslari yoritiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli transformatsiyani jadallashtirish, innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda kengaytiriladigan biznes modellarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Not yet translated