Skip to main content
Article

O'ZBEKISTONDA INNOVATSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH MOHIYATI, TAHLILI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Barchinoy Mo'minovaMaster's Student, Tashkent State University of Oriental Studies Email: [email protected]
ABI

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, 2018–2024-yillardagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda statistik tahlil, qiyosiy va tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. Maqolada keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018–2024-yillarda innovatsion loyihalar soni 45 tadan 945 taga yetgan, texnologik startaplar eng tez rivojlanayotgan sektorga aylangan. IT Park xizmatlar eksporti 2019-yilda 10 mln dollardan 2023-yilda 344 mln dollarga oshgani, venchur bitimlar hajmi esa 2024-yilda 17,5 mln dollarga yetgani qayd etilgan. Shuningdek, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish hajmi 2020–2024-yillarda 3,5 baravarga oshgan. Tahlillar natijasida kadrlar yetishmovchiligi, venchur kapital bozorining sustligi, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzilish kabi tizimli muammolar aniqlangan. Maqola yakunida innovatsion infratuzilmani kuchaytirish, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini soddalashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston innovatsion siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references