TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY HISOBOTLARI TAHLILINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AVTOMATLASHTIRISH TAKLIFLARI: POWER BI PLATFORMASI MISOLIDA TAHLILIY YONDASHUVLAR
Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezis ishida korporativ moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda raqamli transformatsiya jarayonlarining roli chuqur o‘rganiladi. Xususan, Power BI tahliliy platformasidan foydalanishning samaradorligi, tezkor vizualizatsiya imkoniyatlari, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar oqimi jarayonlari va biznes qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatidagi afzalliklari amaliy misollar orqali yoritiladi. Ishda korporativ moliyaviy ko‘rsatkichlar rentabellik, likvidlik, pul oqimlari, xarajatlar dinamikasi, daromadlar tuzilmasi va KPI indikatorlarini Power BI yordamida modellashtirilgan holda interaktiv boshqaruv paneli shaklida taqdim etish tizimi ko‘rib chiqiladi.