EPILEPSIYA BILAN OG'RIGAN BEMORLARNING PSIXOLOGIK HOLATI
Abstract
Ushbu maqolada epilepsiya bilan og'rigan bemorlarning psixologik holati, ularning hayot sifati va psixososial moslashuv muammolari ko'rib chiqilgan. Epilepsiya nafaqat nevrologik kasallik, balki bemorning ruhiy-hissiy holatiga, ijtimoiy hayotiga va shaxsiyat rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan murakkab tibbiy-ijtimoiy muammodir. Tadqiqotda epilepsiya bilan og'rigan bemorlarda uchraydigan psixologik buzilishlar, depressiya, tashvish, o'zini-o'zi qabul qilish muammolari, ijtimoiy stigmatizatsiya va ularning kognitivik funksiyalariga ta'siri tahlil qilingan. Maqolada psixologik qo'llab-quvvatlash usullari, psixoterapiya yo'nalishlari va multidissiplinar yondashuv zaruriyati asoslangan. Olingan natijalar epilepsiya bilan og'rigan bemorlarning to'laqonli davolash jarayonida psixologik yordam muhimligini ko'rsatadi
Not yet translated