JAHON TA'LIMIDAGI FASHION-DIZAYN METODLARI: XORIJIY AMALIYOT TAHLILI
Abstract
Annotatsiya. Maqola QS World University Rankings by Subject: Art & Design 2025 xalqaro reytingi ma’lumotlari asosida dunyodagi zamonaviy moda ta’limini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Yevropa (Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya), Shimoliy Amerika (AQSH) va Osiyo (Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy) mamlakatlarida kiyim dizayni bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yetakchi modellari ko‘rib chiqilgan. Dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari - Qirollik san’at kolleji (dunyoda 1-o‘rin), London san’at universiteti, Parsons dizayn maktabi, NABA, Domus akademiyasi va boshqalarda bakalavriat va magistratura o‘quv dasturlarining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yevropa maktablari, Amerika modeli va Osiyo yondashuvlarining asosiy afzalliklari aniqlandi.