MUAMOLI VAZIYATDA TAFAKKUR JARAYONINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Abstract
Maqolada tafakkur jarayonining psixologik mexanizmlari, uning inson aqliy faoliyatidagi roli va muammoli vaziyatlarda ishlash xususiyatlari tahlil qilinadi. Tafakkur insonning hayotiy tajribasi va bilimlari asosida voqelikni idrok qilish, analiz va sintez qilish, umumiylashtirish va yangi hukmlar yaratish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada bosh miya po‘sti va analizatorlarning nerv-fiziologik mexanizmlari, shuningdek, I.P.Pavlov va A.V. Petrovskiyning tafakkurga oid nazariyalari keltirilgan. Shuningdek, tafakkur jarayonining samaradorligi shaxsning temperamentiga bog‘liqligi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) tahlil qilinadi. Tadqiqot tafakkur va shaxsiy psixologik xususiyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi hamda ta’lim va intellektual rivojlanish jarayonlarida ahamiyatini ko‘rsatadi.