PSIXOSOMATIKA: RUH VA TANANING O'ZARO BOG'LIQLIGI
Abstract
Mazkur maqolada psixosomatika inson ruhiy holati va jismoniy salomatligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi yoritilgan. Maqolada psixosomatika tushunchasining kelib chiqishi, uning ilmiy asoslari hamda inson tanasining “signal tizimi” sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ruhiy zo‘riqish, stress, ichki konfliktlar va ifodalanmagan emotsiyalarning turli kasalliklar, jumladan, migren, uyqusizlik, gastrit, tomoq va teri kasalliklari yuzaga kelishidagi o‘rni misollar asosida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, stress nazariyasi doirasida organizmga psixologik omillarning ta’siri hamda depressiyaning jismoniy kasalliklar, xususan, onkologik jarayonlarga salbiy ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ruhiy muvozanatni saqlash, emotsiyalarni to‘g‘ri ifodalash va psixologik salomatlikni mustahkamlash inson umumiy sog‘lig‘ining muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.