ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR BILAN MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OLIB BORADIGAN TARBIYAVIY VA TA'LIMIY ISHLAR
Abstract
Mazkur maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishlari hamda samarali metodlari tahlil etilgan. Eshitish nuqsonining turlari va kelib chiqish sabablari yoritilib, erta aniqlash va korreksion yordamning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, defektolog, logoped, psixolog va tarbiyachilar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada nutqiy rivojlanish, ijtimoiy moslashuv, eshitish idrokini shakllantirish hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari keng yoritilgan. Ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ham alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilishda kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.