BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida axborotni tahlil qilish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va mantiqiy izchillikni ta’minlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali yo‘llarini ko‘rsatib berishdan iborat. Tadqiqot davomida dars mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan interfaol strategiyalar va ularning bolaning intellektual rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Xulosa qismida tanqidiy fikrlashni shakllantirish o‘quvchining nafaqat bilim o‘zlashtirishi, balki mustaqil shaxs sifatida shakllanishida ham muhim omil ekanligi dalillangan.
Not yet translated