Skip to main content
Article

MOTOR ALALIYALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA SENSOR INTEGRATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING LOGOPEDIK TEXNOLOGIYASI

Feruza Shavkat qizi UsmanovaKimyo International University in TashkentZuxra AxmedovaKimyo International University in Tashkent
ABI

Abstract

AnnotatsiyaMotor alaliya — nutq-harakat markazlarining disfunksiyasi natijasida yuzaga keladigan, ekpressiv nutqning buzilishi bilan xarakterlanuvchi og‘ir nutq nuqsonidir. Ko‘p hollarda ushbu buzilish sensor axborotga ishlov berish va harakat koordinatsiyasining yetishmovchiligi bilan birga kechadi, bu esa bolalarda barqaror nutq ko'nikmalarini shakllantirishni qiyinlashtiradi. Tadqiqotning maqsadi — motor alaliyasi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda korreksion-logopedik aralashuv doirasida sensor integratsiyani shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotda motor alaliya tashxisi qo‘yilgan 4–6 yoshli 40 nafar bola ishtirok etdi. Ishtirokchilar eksperimental va nazorat guruhlariga bo‘lindi. Uch oy davomida eksperimental guruh logopedik mashg‘ulotlarga integratsiya qilingan sensor integratsiya dasturi asosida, nazorat guruhi esa an’anaviy logopedik metodlar yordamida shug‘ullandi. Aralashuvdan oldin va keyin nutq rivojlanishi hamda sensor integratsiya qobiliyatlari ko‘rsatkichlarini baholash uchun diagnostik tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eksperimental guruhdagi bolalarda artikulyatsiya koordinatsiyasi, lug‘at boyligi, harakat koordinatsiyasi, sensor sezgirlik va nutqni harakat bilan birga olib borish qobiliyati sezilarli darajada yaxshilangan. Nazorat guruhida esa asosan artikulyatsiya ko‘nikmalarida o‘rtacha o‘sish kuzatilib, sensor jarayonlar ko‘rsatkichlarida kamroq ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Mazkur xulosalar sensor stimulyatsiyani logopedik mashqlar bilan birlashtirish motor alaliyasi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi. Tadqiqot yakunida sensor integratsiya texnologiyalari motor alaliyasi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishi, harakat koordinatsiyasi va adaptiv xulq-atvorini yaxshilashda muhim rol o‘ynashi aniqlandi. Multiseнsor korreksion dasturlarni amaliyotga tatbiq etish samarali logopedik metodikani shakllantirishga va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references