Skip to main content
Article

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TABIIY FANLAR DARSLARIDA LOYIHA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Umarova Nafisa AhmatilloyevnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar darslarida loyiha faoliyatini tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari yoritiladi. Loyiha faoliyati o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal etish, guruhda ishlash va o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tabiiy fanlar darslarida loyiha faoliyatini tashkil etish o‘quvchilarga nafaqat fan mavzularini chuqur o‘rganish, balki ularni real hayotdagi muammolar bilan bog‘lash imkonini beradi. Maqolada loyiha faoliyatining nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi yoritiladi. Tajriba-sinov natijalari loyiha faoliyatining o‘quvchilarni faollashtirish, kreativlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada shuningdek, loyiha faoliyatining pedagogik jihatlari, baholash mezonlari va metodik yondashuvlar haqida tahlil qilinadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references