Skip to main content
Article

HUQUQIY JARAYONLARDA SHAXS XULQ-ATVORI VA PSIXOLOGIK OMILLAR YURIDIK PSIXOLOGIYANING METODOLOGIYASI VA ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Saatbaeva Azada BayrambaevnaQoraqalpoq qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Nukus O‘zbekiston,
ABI

Abstract

Maqolada huquqiy jarayonlarda shaxs xulq-atvori va unga ta’sir etuvchi psixologik omillar yuridik psixologiya nuqtayi nazaridan kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida sud jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxslar - jinoyatchilar, jabrlanuvchilar, guvohlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, yuridik psixologiyaning metodologik asoslari, jumladan, eksperimental tadqiqotlar, psixodiagnostik usullar, so‘rovnoma va kuzatuv metodlarining amaliy qo‘llanilishi yoritib beriladi. Maqolada inson xulq-atvorini baholashda psixologik omillarning roli, ularning huquqiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yuridik psixologiya fanining hozirgi bosqichdagi dolzarb muammolari, xususan, jinoyatchilik motivlarini chuqur anglash, sud-psixologik ekspertiza sifatini oshirish va huquqiy jarayonlarda psixologik yondashuvlarni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yuridik psixologiya sohasida ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish va amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references