SHAYBONIYLAR DAVRIDA JAZOLASH TIZIMI ("MUSAXXIR AL-BILOD" ASARI MISOLIDA)
Mirjalol AbdullayevGulistan State University
ABI
Abstract
Maqolada Shayboniylar davrida boshqaruvning muhim amaliy mexanizmi sifatida jazolash tizimining o‘rni ochib berilgan. “Musaxxir al-bilod” asaridagi ma’lumotlar ilk bor ilmiy tahlilga tortilib, tizimlashtirilib, ushbu tizim hokimiyatni mustahkamlash vositasi, siyosiy madaniyat va huquqiy tafakkurning ifodasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda jazolash tizimi boshqaruvning muhim instrumenti sifatida yoritilib, uning hokimiyat irodasini amalga oshirish, elita ustidan nazoratni ta’minlash, intizomni mustahkamlash hamda siyosiy barqarorlikni saqlashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references