SHAYBONIYLAR TARIXI TARIXNAVISLIGINING NAZARIY MASALALARI XUSUSIDA
Abstract
Mazkur maqolada XVI–XVII asrlar davomida Shayboniylar sulolasi davrida kechgan tarixiy jarayonlar hamda sulola vakillari tarixiga bag‘ishlab yozilgan manbalar, manbalarda Shayboniylar davlati va unga tutash hududlar hamda sulolalar, xususan Temuriylar hamda Chingiziylar tarixini ham o‘z ichiga olgan umumiy mazmundagi tarixiy manbalar xususida, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalarining tarixini umumiy tarzda yoritib beruvchi tarixiy va tarixiy-geografik mazmundagi manbalar va ularning tarixnavislik masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada Shayboniylar sulolasi tarixini yoritib beruvchi “Shayboniynoma”, “Tarixi Abulxayrxoniy”, “Mehmonnomai Buxoro”, “Futuhoti xoniy” va boshqa bir qancha manbalarning tarixnavislik tahlili, tarixnavislik an’analari, asarlarda voqealar bayonidagi mualliflarning yondashuvlari va yo‘nalishlari, tarixnavislikning nazariy masalalari kabi o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritiladi.
Not yet translated