Omilliy cholg'u asboblari orqali o'quvchilarda milliy qadriyatlarni shakllantirish
Abstract
Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish hamda boy madaniy merosga hurmat uyg‘otish ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, san’at va musiqa ta’limi orqali bu jarayonni samarali tashkil etish imkoniyatlari keng bo‘lib, milliy cholg‘u asboblari bu borada muhim tarbiyaviy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tezisda milliy cholg‘u asboblari orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Unda dutor, rubob, doira kabi cholg‘ular orqali o‘quvchilarga nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalar berish, balki ularning estetik didini rivojlantirish, milliy merosga hurmatini oshirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, ushbu jarayonda samarali metod va yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Not yet translated