Skip to main content
Article

SEREBRAL FALAJLI BOLALARNING NUTQINI ART TERAPIYASI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA KORREKSION ISH MAZMUNI

Nilufar AbidovaNizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc)Asolat YodgorovaNizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti logopediya yo‘nalishi 2-kurs magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqola serebral falajli bolalarning nutqini art terapiyasi vositasida rivojlantirishda korreksion ish mazmuni tadqiqiga bag‘ishlangan. Maqolada serebral falajligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish tamoyillari, maktabgacha yoshdagi serebral falajligi bo‘lgan bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish hamda nutqdagi kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan dastur yoritib berilgan. Ushbu tadqiqotda art-terapiya vositalarining serebral falajli bolalar nutqini rivojlantirishdagi imkoniyatlari amaliy jihatdan asoslab berildi. Art-terapiya mashg‘ulotlari bolalarda nafaqat nutqiy faollikni oshirish, balki emotsional barqarorlikni ta’minlash, o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini yengillashtirishda muhim rol o‘ynashi aniqlandi. Shuningdek, korreksion ish jarayonida qo‘llanilgan metodik yondashuvlar bolalarning artikulyatsion apparat faoliyatini faollashtirish, tovush talaffuzini aniqlashtirish va kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qildi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida dizartriyali bolalar bilan ishlashda art-terapiya elementlarini keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references