Skip to main content
Article

BIRIKTIRUVCHI TÒQIMA HUJAYRASINING PROLIFERATSIYASINING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Zulfizar BotirovaToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Termiz Filiali Pediatriya fakulteti 102-a guruh talabasiShahnoza MardonovaToshkent davlat tibbiyot universitetii Termiz filiali Pediatriya fakulteti 102-a guruh talabasiSamiya Jo'rayeva
ABI

Abstract

Ushbu maqolada biriktiruvchi to‘qimaning gistologik tuzilishi, turlari hamda inson organizmidagi muhim biologik va fiziologik vazifalari yoritib beriladi. Biriktiruvchi to‘qima organizmda eng keng tarqalgan to‘qimalardan biri bo‘lib, u hujayralararo moddaning ko‘pligi va tuzilma xilma-xilligi bilan boshqa to‘qimalardan ajralib turadi. Maqolada biriktiruvchi to‘qimaning asosiy tarkibiy qismlari - hujayralar, tolalar va asosiy modda haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, bo‘sh biriktiruvchi, zich biriktiruvchi, retikulyar, yog‘, tog‘ay va suyak to‘qimalarining gistologik xususiyatlari solishtirma tahlil qilinadi. Biriktiruvchi to‘qimaning tayanch, himoya, trofik, plastik va regenerativ funksiyalari ilmiy manbalar asosida ochib beriladi. Ushbu to‘qimaning patologik holatlari, xususan, yallig‘lanish jarayonlari va regeneratsiya mexanizmlari haqida ham qisqacha ma’lumot keltiriladi. Maqola tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun nazariy bilimlarni mustahkamlashda, shuningdek, gistologiya fanini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references