TURK MAQOLLARIDA ZOONIMLARNING LINGVOMADANIY TALQINI: OILA KONSEPTI DOIRASIDA
Abstract
Annotatsiya Ushbu maqolada turk xalqlari maqollarida uchraydigan zoonimlarning lingvokulturologik, kognitiv va aksiologik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda hayvon nomlari oddiy metafora emas, balki turk etnosining oila, nasl-nasab, tarbiya hamda gender munosabatlariga oid arxetipik tasavvurlarini aks ettiruvchi madaniy kod ekanligi ilmiy asoslanadi. Maqollar strukturaviy-semantik, konseptual klasterlash, leksik-semantik vektor tahlillari asosida tahlil qilinib, ot, eshak, echki, ayiqlar kabi zoonimlarning ijobiy va salbiy aksiologik yuklari yoritiladi. Ot obrazi turkiy madaniy xotirada sharaf, kuch va baxt timsoli sifatida talqin qilinadi, eshak va to‘ng‘iz esa salbiy ma’nolarni ifodalaydi. Shuningdek, maqollarda farzand tarbiyasi, er-xotin munosabatlari va qarindoshlik tizimida zoonimlar orqali shakllangan konseptual metaforalar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari turkiy lingvomadaniyatning asosiy qadriyatlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: zoonimlar, lingvokulturologiya, aksiologiya, metafora, turk maqollari, nasl-nasab, ot obrazi, kognitiv tahlil.
Not yet translated