Skip to main content
Article

Inklyuziv ta'lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar og'zaki nutqini rivojlantirishga ta'sir ko'rsatuvchi pedagogik va ijtimoiy omillar

Qurbonova O'g'iloy Raimjon qiziQo'qon Davlat Universiteti Maxsus pedagogika (surdopedagogika) mutaxasissligi 2-bosqich magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishga ta’sir koʻrsatuvchi pedagogik va ijtimoiy omillar ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Surdo-pedagogika va inklyuziv ta’lim sohasidagi xorijiy va mahalliy adabiyotlar koʻrib chiqilib, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarda ogʻzaki nutqning shakllanish xususiyatlari, maxsus pedagogik usullar va ijtimoiy muhitning roli asoslab beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik bazasi, jumladan, «Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi Qonun va «Inklyuziv ta’lim toʻgʻrisida»gi Nizom talablari kontekstida pedagogik yechimlar muhokama qilinadi. Maqolada auditoriya texnologiyalari, individual ta’lim rejalari, oʻqituvchi kompetentligi va sinfda ijtimoiy integratsiya kabi omillar ogʻzaki nutq rivojiga ta’siri jihatidan qiyosiy tahlil qilinadi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references