Skip to main content
Article

IJTIMOIY TARMOQLARDA KOMMENTARIYA NUTQINING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Nilufar QIYOMIDINOVAUzbek State University of World Languages
ABI

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi kommentariya nutqining psixolingvistik xususiyatlarini tahlil qilishga ilmiy tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli kommunikatsiya sharoitida Instagram va Telegram kabi platformalarda foydalanuvchilar tomonidan yoziladigan izohlar spetsifik lingvistik va psixologik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Tadqiqotda kommentariya nutqining kognitiv jihatlari, emotsional-ekspressiv vositalar va sotsial-psixologik omillar o‘zaro aloqadorlikda o‘rganilgan. Maqolada Instagram va Telegram tarmoqlaridan olingan empirik misollar asosida kommentariyalarning leksik-semantik, pragmatik va psixolingvistik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning ishlariga tayanilgan holda, ijtimoiy tarmoq kommentariyalarida namoyon bo‘ladigan nutqiy strategiyalar, emotsional yuqumlilik va baholovchi leksikaning psixofiziologik ta’siri masalalari muhokama qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references