GLOBAL TA'MINOT ZANJIRLARIDA LOGISTIKA TIZIMLARINING TRANSFORMATSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada global ta’minot zanjirlarining zamonaviy rivojlanish bosqichida logistika tizimlarining rivojlanish jarayoni va o‘zgarishi hamda uning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori logistika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi an’anaviy bog‘liqlikni qayta ko‘rib chiqish va ularni yagona muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida shakllantirish zaruratiga qaratilgan. Maqolada logistika tizimi faqat xizmat ko‘rsatuvchi mexanizm emas, balki ishlab chiqarish jarayonlarini belgilovchi strategik omil sifatida asoslanadi. Shuningdek, global ta’minot zanjirlarida moslashuvchanlikni ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda logistika tizimlarining o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari logistika va ishlab chiqarishni integratsiyalashgan holda boshqarish zamonaviy iqtisodiyotda yuqori samaradorlikka erishishning muhim sharti ekanligini ko‘rsatadi.