Skip to main content
Article

GLOBAL TA'MINOT ZANJIRLARIDA LOGISTIKA TIZIMLARINING TRANSFORMATSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Abdujamil Hamraqulovich Ko'chimovO'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali dotsentiArslonbek ToshboyevO'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada global ta’minot zanjirlarining zamonaviy rivojlanish bosqichida logistika tizimlarining rivojlanish jarayoni va o‘zgarishi hamda uning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori logistika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi an’anaviy bog‘liqlikni qayta ko‘rib chiqish va ularni yagona muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida shakllantirish zaruratiga qaratilgan. Maqolada logistika tizimi faqat xizmat ko‘rsatuvchi mexanizm emas, balki ishlab chiqarish jarayonlarini belgilovchi strategik omil sifatida asoslanadi. Shuningdek, global ta’minot zanjirlarida moslashuvchanlikni ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda logistika tizimlarining o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari logistika va ishlab chiqarishni integratsiyalashgan holda boshqarish zamonaviy iqtisodiyotda yuqori samaradorlikka erishishning muhim sharti ekanligini ko‘rsatadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references