Katta hajmdagi ma'lumotlarni (Big Data) qayta ishlash uchun tahliliy tizim yaratish
Abstract
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida turli sohalarda juda hajmdagi ma'lumotlar shakllanmoqda. Ushbu ma'lumotlarni oddiy usullar bilan qayta ishlash tobora qiyinlashib bormoqda. Shu sababli katta hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilishni ta'minlaydigan zamonaviy tahliliy tizimlarni yaratish dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur maqolada katta hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlashga mo'ljallangan tahliliy tizimning arxitekturasi va amaliy realizatsiyasi yoritiladi. Shuningdek, tizimning web-asosidagi monitoring interfeysi misolida ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va vizual nazorat qilish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. Original journal page: https://cajii.com/index.php/cajii/article/view/22