Skip to main content
Article

<b>SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MEVALARNI RANGI BO’YICHA SARALASHNI INTELLEKTUALLASHTIRISH</b>

Erkin UljaevIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiO‘lmasjon Ulfato‘g‘li AbdixalilovKarshi State Technical University
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Arduino mikrokontrolleri va TCS230 rang sensori asosida meva mahsulotlarini rang xususiyatlariga ko‘ra avtomatik saralash tizimini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Taklif etilgan tizim mevalarning tashqi rang ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida aniqlash, RGB rang komponentlarini qayta ishlash va ularni oldindan belgilangan mezonlar asosida tasniflash imkonini beradi. Tadqiqot qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida mahsulot sifatini baholash jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan. Tizimning ishlash algoritmi rang sensoridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, infraqizil datchiklar yordamida obyektni aniqlash va mexanik saralash mexanizmini boshqarish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Rang sensorini kalibrlash orqali tashqi yoritish sharoitlarining ta’siri kamaytirilib, rangni aniqlash aniqligi oshirildi. Tajriba natijalari tizimning barqaror ishlashi va mevalarni rangiga ko‘ra ishonchli saralash imkoniyatini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt elementlari, xususan neyron tarmoqlaridan foydalanish istiqbollari tahlil qilinadi. Rangga asoslangan an’anaviy chegaraviy usullar bilan solishtirganda, intellektual yondashuvlar rang farqlarini yanada nozik aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari avtomatik meva saralash tizimlarini rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon