<b>MODELING AND ANALYSIS OF THE EFFECTS OF SYMMETRIC AND ASYMMETRIC LOADS ON 0.38 KV VOLTAGE ELECTRICAL NETWORKS</b>
Abstract
Past kuchlanishli elektr tarmoqlarida yuklamalarning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishi elektr energiyasi sifati, kuchlanish rejimlari va quvvat yo‘qotilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada DigSILENT PowerFactory dasturiy muhitida modellashtirilgan 0,38 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida simmetrik va nosimmetrik yuklamalarning tarmoq ish rejimiga ta’siri qiyosiy tahlil qilingan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, simmetrik yuklanish sharoitida kuchlanishning og‘ishi ruxsat etilgan me’yorlar doirasida bo‘lib, quvvat yo‘qotilishi minimal darajada (0,3–1,5%) qayd etildi. Nosimmetrik yuklanish rejimida esa fazalardagi kuchlanish nomutanosibligi ruxsat etilgan me’yordan oshib ketgan, bu esa neytral o‘tkazgichda yuqori toklar paydo bo‘lishiga va aktiv quvvat yo‘qotilishining 6,29 foizgacha yetishiga olib kelgan. Tadqiqot natijalari past kuchlanishli tarmoqlarda fazalar bo‘yicha yuklamalarni muvozanatlash elektr energiyasi sifatini yaxshilash va yo‘qotilishlarni kamaytirishda muhim omil ekanini tasdiqlaydi.