Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

<b>TUPROQQA TEXNOGEN TA’SIRI KAM BO‘LGAN SABZAVOTCHILIK TRAKTORINING YURISH QISMINI TAKOMILLASHTIRISH</b>

Qo‘ngratbay Avezimbetovich SharipovRustam NorchayevKarshi State Technical UniversityJaloliddin Rustamovich NorchayevKarshi State Technical UniversityDavron Rustamovich NorchayevResearch Institute of Agricultural Mechanization,Рустамова Нигора РустамовнаKarshi State Technical University
ABI

Abstract

Ushbu maqolada respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida sabzavot yetishtirish va yig‘ishtirish uchun to‘rt g‘ildirakli traktorlar shinalarining tuproq zichlanishiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yangi takomillashtirilgan g‘ildiraklarning konstruktiv sxemasi va ishlash prinsipi hamda uning tortishga qarshiligini aniqlash bo‘yicha nazariy tadqiqotlar keltirilgan. Shuningdek, taklif etilayotgan konstruktiv yechimning amaliy ahamiyati, ya’ni tuproq unumdorligini saqlab qolish, o‘simlik ildiz tizimining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarining energiya samaradorligini oshirishga qo‘shadigan hissasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida turli yuklama va ish rejimlarida g‘ildiraklarning tuproq bilan o‘zaro ta’siri modellashtirilib, zichlanish darajasining kamayishi va tortish kuchining optimallashuvi asoslab berilgan. Bundan tashqari, eksperimental va nazariy natijalar o‘zaro solishtirilib, taklif etilgan g‘ildirak konstruksiyasining mavjud an’anaviy shinalarga nisbatan ustunliklari aniqlangan. Olingan natijalar asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon