Skip to main content
Article

O'ZBEKISTONNING YANGI KONISTITUTSIYASI JAMIYAT TARAQQIYOTINING HUQUQIY NEGIZI

Shoxista AbdurayimovaJizzax Davlat Pedagogika universiteti
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Maqolada O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyat taraqqiyotining huquqiy negizi sifatida tahlil qilinadi. Konstitutsiya davlat va jamiyatning asosiy qonuni bo'lib, unda xalq hokimiyatchiligi, suverenitet, inson huquqlari va erkinliklari, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, kuchlar bo'linishi hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati kabi fundamental tamoyillar mustahkamlab qo'yilgan. Yangi Konstitutsiyada inson qadri ulug'lanishi, xalqning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, oila va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya va ta'lim tizimini rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni konstitutsiyaviy darajada kafolatlashga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, huquq va burchlarning aniq belgilanishi, davlat organlari mas'uliyati va xalq oldida hisobdorligi, sud hokimiyatining mustaqilligi Konstitutsiyaning jamiyat barqarorligi va taraqqiyotiga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida ko'rsatib beriladi. Konstitutsiyaning har bir moddasi davlat va fuqarolar munosabatlarida huquqiy muvozanatni ta'minlashga, har bir shaxsning manfaatlari va daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur konstitutsiyaviy islohotlarning samarasi sifatida jamiyatning siyosiy faolligi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat o'sishi uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Original journal page: https://cajii.com/index.php/cajii/article/view/23

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references