Skip to main content
Article

Tijorat banklarida islomiy moliya instrumentlarini joriy etish mexanizmlarining an'anaviy bank-moliya tizimidan farqli jihatlari

Sirojitdinov Bekzod AnvarovichToshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada tijorat banklarida islomiy moliya instrumentlarini joriy etish mexanizmlarining an’anaviy bank-moliya tizimidan farqli jihatlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda islomiy moliyaning asosiy tamoyillari – foiz (riba)ni taqiqlash, noaniqlik (garar) va spekulyativ operatsiyalar (maysir)ni cheklash, foyda va zararlarni taqsimlash hamda aktivlarga asoslangan moliyalashtirish yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, islomiy moliya instrumentlarini joriy etish bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarning kreditor-qarzdor modelidan iqtisodiy hamkorlik modeliga o‘tishini ta’minlashi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari islomiy moliya instrumentlarining moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, real sektor bilan integratsiyani kuchaytirish hamda bank xizmatlarini diversifikatsiya qilishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references