O'quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish
Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Unda mustaqil fikrlashning mazmuni, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishda qo‘llaniladigan pedagogik metodlar, interfaol usullar hamda ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ochib berilgan. Maqolada muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, refleksiya, motivatsiya va integratsiyalashgan yondashuv kabi omillarning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Bundan tashqari, o‘qituvchi va ota-onaning hamkorligi, qulay psixologik muhit yaratish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan.
Not yet translated