BUXORO AN'ANAVIY PICHOQCHILIGI: TARIXIY ILDIZLARI, TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA ETNOMADANIY XUSUSIYATLARI
Abstract
Buxoro an’anaviy pichoqchiligi Markaziy Osiyo hunarmandchilik madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ushbu maqola pichoqchilik san’atining tarixiy evolyutsiyasini, texnologik asoslarini, estetik va madaniy xususiyatlarini, shuningdek, zamonaviy namunalarda aks etgan rivojlanish tendentsiyalarini batafsil tahlil etadi. Buxoro maktabi misolida, metall qotishmalari, yasalish texnikalari, bezak uslublari va madaniy merosning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Maqola hunarmandchilikning madaniy meros sifatidagi ahamiyatini ta’kidlab, uning saqlanishi, rivojlanishi va globalizatsiya sharoitida yuzaga keladigan muammolarga e’tibor qaratadi. Tadqiqot etnografik materiallar, arxeologik topilmalar va zamonaviy ustalar ishlariga asoslanadi.
Not yet translated