Skip to main content
Article

Ayollarda bachadon bo'yni saraton oldi kasalliklarining sitologik xususiyatlari

X.B. MustafayevaToshkent davlat tibbiyot universitetiSh.R. OmonovToshkent davlat tibbiyot universiteti
ABI

Abstract

Ushbu tadqiqotda 18 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan ayollarda bachadon bo'yni sitologik tahlili natijalari keltirilgan. Tadqiqot saratondan oldingi kasalliklarning yoshga bog'liq xolda tarqalishini va ularning sitomorfologik xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, patologik jarayonlar ko'pincha reproduktiv yoshdagi (18-44 yosh) ayollarda uchraydi. Yassi hujayrali metaplaziya (74%) va yallig'lanish o'zgarishlari (37%) kabi asosiy jarayonlar patologiyalar shaklida ustunlik qilishi aniqlandi. Displastik jarayonlar 5,2% hollarda aniqlangan, ularning aksariyati past darajadagi shikastlanishlar (LSIL - 61,3%) sifatida tasniflangan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references