IBN RUSHD VA FOMA AKVINSKIY ONTO-GNOSEOLOGIK QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada Ibn Rushd hamda Foma Akvinskiyning falsafiy qarashlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda olamning yaratilishi va abadiyligi, aql va ruhning mohiyati, shuningdek, bilimning manbalari va turlari haqidagi qarashlar o‘rganilgan. Ibn Rushdning aristotelchilik an’analariga asoslangan falsafiy yondashuvi bilan Foma Akvinskiyning nasroniy ilohiyotiga tayangan konsepsiyalari o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlar ochib beriladi. Xususan, “imkon”, “iroda”, “faol aql” va “potensial aql” tushunchalari orqali har ikki mutafakkirning metodologik qarashlari yoritiladi. Maqola Sharq va G‘arb falsafiy tafakkuri o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va madaniy-falsafiy aloqalarning muhim jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
Not yet translated