Skip to main content
Article

AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Muazzam Barnoyevna EshpulatovaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ABI

Abstract

Mazkur tadqiqot 227 nafar respondent ishtirok etgan kesim so'rovnomasi asosida O'zbekiston aholisining moliyaviy savodxonligini oshirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy omillarni empirik usulda o'rganadi. Tadqiqotda 5 poq'onali Likert shkalasi qo'llanilgan bo'lib, Cronbach Alpha koeffitsiyenti (α = 0.881) o'lchovning yuqori ishonchliligini tasdiqladi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, respondentlarning atigi 34.4 foizi qoniqarli moliyaviy savodxonlik darajasiga ega bo'lgan. Korrelyatsiya tahlili moliyaviy xizmatlardan foydalanish tajribasi (r = 0.61; p < 0.001) va qaror qabul qilish ko'nikmalari (r = 0.58; p < 0.001) moliyaviy savodxonlikni sezilarli darajada belgilovchi mustaqil o'zgaruvchilar ekanligini isbotladi. Moliyaviy axborotga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi va amaliy ko'nikmalar yetishmasligi asosiy strukturaviy to'siqlar sifatida aniqlandi. Xalqaro tadqiqotlar bilan taqqoslash shuni ko'rsatadiki, bu muammo rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga xos keng tarqalgan hodisa bo'lib, uning bartaraf etilishi uchun tizimli davlat siyosati, moliya institutlarining ishtiroki va maqsadli ta'lim dasturlari zarur.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references