DAVLATLARNING IQTISODIY JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDAGI XALQARO HAMKORLIGI: XALQARO TASHKILOTLAR, FATF STANDARTLARI VA AMALIY MEXANIZMLAR
Abstract
Ushbu maqolada iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari, asosiy institutlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Xususan, xalqaro jinoyat huquqining mazmuni, davlatlar o'rtasidagi hamkorlik shakllari, shuningdek FATF, Egmont guruhi, XVF, Jahon banki va Interpol kabi xalqaro tashkilotlarning o'rni yoritilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy jinoyatlarning transmilliy tus olayotgani sababli ularga qarshi kurashda milliy va xalqaro darajadagi uyg'un hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ko'rsatadi. Shuningdek, O'zbekiston uchun xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq etish, moliyaviy nazorat va axborot almashinuvi tizimlarini takomillashtirish muhim ekani asoslab berilgan.
Not yet translated