AUTENTIFIKATSIYA SXEMALARINI TAHLIL QILISH VA ULARNING AFZALLIKLARI HAMDA KAMCHILIKLARI
Abstract
Ushbu maqolada bank plastik kartalari va mobil to'lov ilovalarida qo'llaniladigan autentifikatsiya sxemalarining (1FA, 2FA, MFA, biometrik va xulq-atvor asosidagi) xavfsizlik darajasi hamda iqtisodiy samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida tizimli adabiyotlar tahlili, cost–benefit (BCR) modeli va risk–cost trade-off yondashuvi asosida autentifikatsiya mexanizmlarining optimal qo'llanish sohalari aniqlanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, TOTP asosidagi ikki faktorli autentifikatsiya standart bank xizmatlari uchun eng muvozanatli yechim bo'lsa, biometrik imkoniyatli ko'p faktorli autentifikatsiya yuqori qiymatli tranzaksiyalar va mobil to'lov platformalari uchun eng samarali hisoblanadi. Tadqiqot O'zbekiston tijorat banklari va MyCard platformasi uchun autentifikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni taklif etadi.
Not yet translated