Skip to main content
Article

Sun'iy intellektning iqtisodiy jarayonlarga ta'siri

Mirzakulova Risolat MusurmankulovaTermiz Davlat Pedagogika instituti o'qituvchisiTog'ayev Qurbonmurod Ravshan o'g'liGeografiya ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi
ABI

Abstract

So‘nggi yillarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bu sun’iy intellekt (SI) bo‘lib, u zamonaviy iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish salohiyatiga ega texnologiyalardan biri hisoblanadi. SI nafaqat ishlab chiqarish va xizmatlar sohalarida, balki mehnat bozorida, moliya sektorida va umumiy iqtisodiy o‘sishda ham sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Ushbu texnologiyalar jarayonlarni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bu orqali iqtisodiy samaradorlikni yanada rivojlantirish uchun keng qo‘llaniladi.Sun’iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyotni yanada samaraliroq qilishga yordam beradi. Masalan, sun’iy intellekt yordamida turli sohalarda jarayonlar avtomatlashtiriladi: moliyaviy xizmatlarda firibgarlikni aniqlash va xavflarni tahlil qilish, chakana savdoda mahsulot tavsiyalarini taqdim etish, sog‘liqni saqlash sohasidagi kasalliklarni erta aniqlash. Ushbu texnologiyalar nafaqat jarayonlarni tezlashtiradi, balki inson xatolarini ham kamaytiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references