Skip to main content
Article

YASHIRIN IQTISODIYOT KO'LAMINI QISQARTIRISHDA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN AHOLIGA KO'RSATILAYOTGAN BANK XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING RAQAMLI YO'NALISHLARI

Gulnoza Sirojiddin qizi To'patillayevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada O'zbekistonda yashirin iqtisodiyot ko'lamini qisqartirishda tijorat banklari tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan bank xizmatlarini takomillashtirishning raqamli yo'nalishlari statistik va institutsional tahlil asosida o'rganildi. 2025-yil 1-iyun holatiga ko'ra mamlakatda 63,8 million dona, 1-noyabr holatiga esa 65,04 million dona bank kartasi muomalada ekani qayd etilgan. Bank kartalari sonining ortishi, to'lov terminallari tarmog'ining kengayishi hamda mobil bank xizmatlarining rivojlanishi iqtisodiy operatsiyalarni rasmiy sektorga olib chiqishda muhim omil sifatida baholandi. Tadqiqot davomida tijorat banklari xizmatlarini raqamlashtirish, masofaviy identifikatsiya tizimlari, tranzaksiyalar monitoringi va normativ-huquqiy mexanizmlar yashirin iqtisodiyotni qisqartirish vositasi sifatida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning muhim institutsional yo'nalishi hisoblanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references