MAMLAKAT QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI MOLIYAVIY XAVFSIZLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNING EKONOMETRIK TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada mamlakat qurilish materiallari sanoati korxonalarining moliyaviy xavfsizligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar ekonometrik usullar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligi va xavfsizligini belgilovchi muhim iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimlashtirilib, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik korrelyatsiya-regressiya tahlili yordamida o'rganildi. Shuningdek, moliyaviy xavfsizlik darajasiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida ko'p omilli ekonometrik model ishlab chiqildi hamda model parametrlarining statistik ahamiyati tegishli testlar orqali baholandi. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarining moliyaviy xavfsizligiga ishlab chiqarish hajmi, investitsiyalar miqdori, asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi hamda korxonalarning moliyaviy natijalari sezilarli ta'sir ko'rsatishini aniqlash imkonini berdi.
Not yet translated