RАNG MODELLАRINI АLMАSHTIRISH АLGORITMLАRI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli tasvirlarni qayta ishlashda keng qo'llaniladigan rang modellarini o'zaro almashtirish algoritmlarining nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. RGB (Red, Green, Blue), CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black), HSV (Hue, Saturation, Value) va CIE Lab ( perseptual, qurilmadan mustaqil (L — yorug'lik, a — yashil ↔ qizil o'qi, b — ko'k ↔ sariq o'qi)) kabi fundamental rang makonlarining matematik modeli, ularning fizik asoslari hamda rangni ifodalashdagi afzallik va cheklovlari batafsil yoritiladi. Turli rang makonlari o'rtasida konvertatsiya jarayonida qo'llaniladigan algoritmlar bosqichma-bosqich ko'rib chiqilib, ularning hisoblash murakkabligi, rang aniqligiga ta'siri va real tizimlarda qo'llash samaradorligi baholanadi. Shuningdek, rang transformatsiyalarining grafik dizayn, kompyuter grafika va sun'iy intellekt tizimlarini amaliy qo'llanishi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari rang modellarini almashtirish algoritmlarini optimallashtirish va yuqori aniqlikdagi tasvirlar bilan ishlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalarni beradi.