Skip to main content
Article

KOMPYUTER KO'RISH TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA YO'L MUHITINI ANIQLASH VA AVTONOM TRANSPORT VOSITALARINING HARAKAT QARORLARINI MOSLASHTIRISH

Gulxayo Sarvarovna UrinovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti magistrantiLee SeungjikMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchisi
ABI

Abstract

Annotatsiya Mazkur tezisda kompyuter ko‘rish texnologiyalari asosida avtonom transport vositalari uchun yo‘l muhitini aniqlash, xavf darajasini baholash va harakat qarorlarini real vaziyatga moslashtirish masalasi yoritiladi. Avtonom transport xavfsizligi avtomobilning faqat mexanik boshqaruv imkoniyatiga emas, balki atrof-muhitni to‘g‘ri “ko‘rish”, tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyatiga bog‘liq. Shu sababli obyekt deteksiyasi, semantik segmentatsiya, yo‘l chizig‘ini aniqlash, piyodalar va transport vositalarini kuzatish, svetofor hamda yo‘l belgilarini tanish kabi vazifalar yagona idrok va boshqaruv tizimida qaralishi zarur. Tezisda yo‘l vaziyatini miqdoriy baholash uchun tezlik, kechikish masofasi, to‘qnashuvgacha qolgan vaqt, to‘xtash masofasi va xavf indeksi formulalaridan foydalanish taklif etiladi. Kalit so‘zlar: avtonom transport, kompyuter ko‘rish, yo‘l muhiti, obyekt deteksiyasi, xavf indeksi, TTC, adaptiv boshqaruv.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references