Skip to main content
Article

SUT BEZI SARATONINI ERTA TASHXISLASH VA DAVOLASHDA IMMUNOONKOLOGIK TEKSHIRUVLARNING AHAMIYATI

Dilbarhon Urmanbayevadocent at the Department of Oncology, Andijan state medical institute, Andiijan, UzbekistanGulnozakhon AbdivokhobovaAndijon davlat tibbiyot instituti, "Onkologiya" mutaxassisligi 1-bosqich magistrantiUktamxon AdhamjonovaAdhamjonova Uktamxon Akmalxon qizi Andijon davlat tibbiyot instituti, "Onkologiya "mutaxassisligi 1- bosqich magistrantiShoxista ErkinovaAndijon davlat tibbiyot instituti, "Onkologiya "mutaxassisligi 1- bosqich magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada sut bezi saratonini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishda immunoonkologik tekshiruvlar, xususan interleykinlar (IL-6 va IL-10) ning diagnostik ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — an’anaviy biomarkerlar (HER2, PD-L1, gormonal retseptorlar) bilan bir qatorda interleykinlarni qo‘llash orqali kasallikni erta aniqlash, prognoz qilish va individual davolash strategiyasini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida IL-6 va IL-10 ning biologik roli, o‘sma jarayonlari bilan bog‘liqligi hamda klinik-diagnostik ahamiyati baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, IL-6 darajasining oshishi o‘sma proliferatsiyasi va agressivligi bilan bog‘liq bo‘lsa, IL-10 immunosupressiv muhitni shakllantirib, kasallik prognoziga ta’sir ko‘rsatadi. Interleykinlarni aniqlash diagnostik aniqlikni oshirib, kasallikni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references